Sog‘lomlashtirish dasturi amalda

Sog‘lomlashtirish dasturi amalda

Har qanday millatning asosiy boyligi – onalar va bolalar salomatligidar. Shunday ekan, onalik va bolalikni muhofaza qilish millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobardir. 
2002 yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fodi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf Interneyshnl” xalqaro tashkiloti bilan uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Germaniyaning “Friedensdorf Interneyshnl” xalqaro tashkiloti 1967 yili tashkil topgan bo‘lib, dunyodagi 35 dan ortiq davlatlar bilan o‘zaro xamkorlik qiladi. Hamkorlik doirasida rivojlanayotgan mamlakatlardagi 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitasiya  qilish bilan shug‘ullanadilar. 2002-2023 yillarda  O‘zbekistondan 435 nafar bolalar davolanish uchun Germaniya davlatiga yuborilgan (davolanish muddati 6 oydan 1.5-3 yilgacha).
Germaniyaning “Friedenzdorf Intenrneyshnl” xalqaro tashkiloti grant mablag‘lari hisobiga 2003-2023 yillar mobaynida Respublika bo‘yicha lab tanglay tug‘ma nuqsoni, ortopedik oyoq va bo‘yin nuqsoni bo‘lgan hamda kuyishdan keyingi tananing nuqsonlari bo‘lgan 6716 da ortiq bolalar operasiya qilib sog‘lomlashtirildi. 2009-2023 yillar davomida Germaniya va Shveysariyadan jalb qilingan grant mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi va chet ellarda tug‘ma yurak nuqsonlarini bartaraf etish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar jami 1360 nafarni tashkil etadi. 2024 yilning 23 may kuni soat 21.00da I.Karimov nomli Toshkent xalqaro aeroportida uzoq muddatli davolanish kurslarini o‘tagan 3 nafar o‘zbekistonlik bemor bolalar Germaniyalik mutaxassislar hamrohligida yurtimizga qaytib kelishdi va ota-onalariga topshirilishdi. Bugungi kunda 7 nafar o‘zbekistonlik bemor  bolalar Germaniya klinikalarida davolanishni davom ettirmoqda.   Shuningdek Germaniyalik mutaxassislar joriy yilning 26 may -1 iyun kunlari respublikamiz viloyatlarida (Toshkent shahrida- 27 may, Qarshi shahrida – 27-28 may, 30 may kunlari Samarqand shaharlaridagi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida) bo‘lib, bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, Germaniya klinikalariga davolash uchun tanlab olishni rejalashtirishgan.  “Sog‘lom avlod uchun” fondi ana shunday xayrli ishlarni tashkil etishida yaqindan yordam berayotgan barcha homiy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelajakdagi hamkorlikka chorlaydi.