“AmeriCares” xalqaro tashkiloti (AQSh) vakilining tashrifi

“Sog‘lom avlod uchun” fondining ishonchli va doimiy hamkorlaridan biri AmeriCares xalqaro tashkiloti (AQSh) hisoblanadi. AmeriCares xalqaro tashkiloti turli dori-darmonlar, tibbiy buyumlar, gigiyena vositalari va boshqalar ko'rinishidagi  gumanitar yordamni yetkazib berishni amalga oshirаdi.  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda respublika davolash-profilaktika muassasalariga hamda “Sog‘lom avlod uchun” fondining tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi orqali taqsimlanаdi.
“AmeriCares” xalqaro tashkilotining (AQSh) 2024-yil 08-maydagi murojaatiga muvofiq “Sog‘lom avlod uchun”fondi “AmeriCares” xalqaro tashkiloti (AQSh) vakili – direktor o‘rinbosarining mamlakatimizda bo‘lish dasturini tayyorladi. 
Tashrif davomida “O‘zbekiston havo yo‘llari” AKga tashrif buyurish va rahbariyat bilan uchrashish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatidagi tibbiyot muassasalariga tashrif buyurib, ajratilgan insonparvarlik yordamlarini taqsimlash va maqsadli ishlatish bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” fondi faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.