Ma'lumki, “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan, respublikamizdagi “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” uylarida yashovchi yakka yolg‘iz qariyalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator xayriya tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi va Ijtimoiy sheriklik tomonidan e'lon qilingan davlat granti asosida bolalarning kuzgi ta'til kunlarida Toshkent shahridagi 22-“Mehribonlik” uyining 40 nafar tarbiyalanuvchilarini Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayyohatlarini amalga oshirish rejalashtirildi.
Shu maqsadda, 2024 yil 8 noyabr' kuni jami 40 nafar Toshkent shahridagi 22-“Mehribonlik” uyining 40 nafar tarbiyalanuvchilari va kuzatib boruvchilarni Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayyoxatlari uyushtirildi. Ularga 3 maxal issiq ovqat bilan ta'minlandi va shirinliklar, sanitariya gigiena vositalari, kitoblar, kiyim kechak va o‘quv qurollari sovg‘a sifatida berildi.