Fuqarolik jamiyati haftaligi

 Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida "Yuksalish" harakati mintaqaviy bo'linmalari tomonidan butun mamlakat bo'ylab 40dan ortiq NNT uchrashuvlari o‘tkazildi. Uchrashuvlarda senatorlar, xalq deputatlari kengashlari vakillari va adliya boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot va muhokama formatida asosiy masalalar belgilandi va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Jamoat nazoratini tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqildi, shuningdek, NNT va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashga doir aniq takliflar ishlab chiqildi. Ayniqsa, ekologiya va fuqarolarning huquqlarini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Bunday hamkorlik, javobgarlik, ishonch va o‘zaro tushunish prinsiplariga asoslangan kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda muhim rol o'ynaydi.

"Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ko‘krak nishoni o‘z egalariga taqdim etilmoqda. Жумладан Фонднинг Сирдарё вилояти худудий филиа рахбари Юлдузхон Усмоновга хам мукофот топширилди.