Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif.
Tashrif davomida, 2026 yil 23 yanvar kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisi Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar.Tashrif chog‘ida Fond tomonidan yurakning tug‘ma nuqsoni bilan operatsiya qilingan hamda yaqin kunlarda jarrohlik amaliyoti rejalashtirilgan bolalar holidan xabar olindi. Shuningdek, markazning yurak-qon tomir jarrohi, bo‘lim mudiri Turdiyeva Niso Sa’iydqulovna bilan uchrashuv o‘tkazilib, ular bilan yaqindan tanishildi.Uchrashuv davomida amalga oshirilgan operatsiyalar va kelgusida rejalashtirilayotgan jarrohlik amaliyotlari haqida atroflicha suhbatlashildi.


