Samarqand viloyati hududiy filialiga amaliy tashrif.
 

Tashrif davomida Fond raisi shifokorlarning ish rejalari, yuritilayotgan hujjatlari hamda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Fond tomonidan ajratilgan dori-darmon vositalari, ularning hisob-kitobi va sarf-xarajatlari ko‘zdan kechirildi.Mazkur tashrif hududiy filial faoliyatini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va aholi salomatligini muhofaza qilish ishlarini samarali tashkil etishga qaratildi.