“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filialiga tashrif buyurdi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Boshqaruvi raisi Navoiy viloyati hududiy filialiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida fond tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, patronaj xodimlari faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan tanishildi. Kam ta’minlangan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, dori-darmon vositalarining aholiga yetkazilishi o‘rganildi.Mazkur tashrif aholi salomatligini muhofaza qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirishga qaratildi.


