Karmana tumanining Nurafshon mahallasida istiqomat qiluvchi Ergashova Marjonaning murojaatini o‘rganish maqsadida uning xonadoniga tashrif.
Tashrif davomida 7 oylik farzandi — Erkinov Muhammadjonning sog‘ligi bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, bola yurak xastaligidan aziyat chekmoqda. Muhammadjonning onasiga bolani parvarishlash va davolash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Shuningdek, oilaga muruvvat yordami ko‘rsatildi. Fond tomonidan 2026 yil mart oyida bolaning yuragini jarrohlik yo‘li bilan davolashda amaliy yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.Tashrif yakunida aholi sog‘ligini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan samarali ish olib borish, shuningdek mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.


