“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisi Surxondaryo viloyati hududiy filialiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida hududiy filial faoliyati yaqindan o‘rganildi. Jumladan, shifokorlar brigadasi rahbarining ish jarayoni, yuritilayotgan hujjatlar, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan vazifalar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, tibbiy xizmatlarni tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur tashrif hududiy filial faoliyatini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.