“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Termiz shahrida istiqomat qiluvchi Afg‘oniston fuqarosi Muhab Muhammad Zoir oilasi, rafiqasi Muhab Nuriya va 2008 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Amonulloh Fayzi bilan suhbat olib borildi. Oilada 7 nafar farzand bor, ulardan 1 nafari nogiron.Fond tomonidan oilaga bayramlarda va kundalik ehtiyojlar uchun muntazam yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Uchrashuvda oilaning qo‘shimcha ehtiyojlari va kelgusida qanday yordam kerakligi muhokama qilindi. Oila Fondning e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirdilar.


