“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Fondning hududiy bo‘limiga tashrifi.
Tashrif davomida hududiy filial faoliyati bilan yaqindan tanishilib, aholiga Fond tomonidan berilayotgan dori-darmonlar qay tartibda yetkazilayotgani, hujjatlar yuritilishi hamda patronaj va ijtimoiy hamshiralar faoliyati o‘rganildi.Shuningdek, joylarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holati ko‘zdan kechirilib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi tashriflar aholi salomatligini muhofaza qilish va ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.


