“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Fond direktori bilan birgalikda kam ta’minlangan oila holidan xabar oldilar.

Mazkur oilada 3 nafar o‘g‘il farzand bo‘lib, ulardan 2 nafari nogironligi bo‘lgan bolalar hisoblanadi. Jumladan, Qurboniyozov Ilhom (2014 yilda tug‘ilgan) va Qurboniyozov Damletniyoz (2006 yilda tug‘ilgan) holati bilan yaqindan tanishildi.Tashrif davomida oilaga Fond tomonidan zarur yordamlar ko‘rsatilib, bolalarga kamtarona sovg‘alar taqdim etildi. Bu kabi xayrli tashriflar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayotiga qulaylik yaratishga qaratilgan.“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi kam ta’minlangan oilalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va jamiyatda barqaror ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash yo‘lida faoliyat olib boradi.