“Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi Xorazm viloyati hududiy bo‘limiga Fond raisi tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Rais hududdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Aholiga Fond tomonidan berilayotgan dori-darmonlarning taqsimoti, patronaj hamshiralar va ijtimoiy hamshiralar faoliyati, ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, aholiga dorilar hayotiy tarzda yetkazilishi va amalga oshirilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi. Shu kuni Yangibozor tumani ko‘p tarmoqli markazida aholiga dori-darmonlar tarqatilayotganligi ham kuzatildi, xodimlarning faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi.


