AQSh hukumati va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi vakillarining tashrifi.
Davlat departamentining Global oziq-ovqat xavfsizligi idorasi (GFS) loyihalar bo‘yicha katta maslahatchisi K. Rojers hamda Janubiy va Markaziy Osiyo uchun insonparvarlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi J. Jalo‘vek “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida Fondning amalga oshirilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi va qilayotgan ishlar hamda rejalashtirilayotgan loyihalar bo‘yicha atroflicha muzokara qilindi.


