Ramazon — saxovat va xayr oyi

“Xalqaro xayriya fondi tomonidan Ramazon oyi — saxovat oyi” shiori ostida Katta Qozrobot mahallasiga tashrif buyurildi. Tadbir davomida xotin-qizlar kirib kelayotgan bayram munosabati bilan samimiy tabriklanib, ularga sovg‘a-salomlar taqdim etildi. Uchrashuv iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Xotin-qizlar fond tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdilar.