Ramazon — saxovat va xayr oyi

Yashnobod tumani Mohinur mahallasiga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashrif buyurdi. “Ramazon – xayru saxovat oyi” shiori ostida xotin-qizlar qo‘shaloq bayram munosabati bilan samimiy tabriklandi.Tadbir davomida ularga iliq tilaklar bildirilib, bayramona sovg‘alar taqdim etildi. Uchrashuv iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Xotin-qizlar fond tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.Mehr va saxovat ulashish – jamiyatimizni yanada mustahkam va ahil qiladi.