Tabrik

Navro‘z muborak!

Sizni muborak Navro‘z bayrami munosabati bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi nomidan chin dildan tabriklaymiz! Navro‘z — yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat bayrami. U barchamizga yangi umidlar, kuch-g‘ayrat va ilhom bag‘ishlaydi.Ushbu qutlug‘ ayyomda yurtimizda tinchlik, xonadonlarimizda fayzu baraka, qalblarimizda esa mehr va shukronalik tuyg‘ulari yanada mustahkamlansin. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xotirjamlik va barcha ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Yangi kunlaringiz quvonch, baraka va yutuqlarga boy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jamoasi