Jizzax viloyatida aholiga manzilli tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatildi

Jizzax viloyatida aholiga manzilli tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatildi

2026-yil 17–20-avgust kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi Jizzax viloyat filiali tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘chma brigadasi tomonidan Zarafobod tumani KTMP, Jizzax shahar KTMP hamda Zarafobod tumani “Birlik” OShPga qarashli Samarqand, Uzun, Bo‘ston, X. Olimjon, A. Temur, Ittifoq, Oqqu‘rg‘onlik, O‘ratepalik va Madaniyat MFYlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Tibbiy ko‘riklarda “Kambag‘allik reyestri”da turuvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar va nogiron farzandi bor oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, “D” nazoratidagi bemorlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, keksalar hamda o‘smir qizlar qamrab olindi. Jami 328 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘riklar davomida shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra 490 o‘lchov birligida muruvvat dori-darmonlari, quritilgan sabzavotlardan tayyorlangan vitaminlarga boy aralashmalar hamda ko‘zoynaklar bepul, xayriya tariqasida tarqatildi.

Shuningdek, yotib qolgan bemorlar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan patronaj hamshiralari ishtirokida manzilli xabar olindi.

Aholining tibbiy savodxonligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”, “Bolalarda uchraydigan parazitar va infeksion kasalliklarning oldini olish”, “Mavsumiy kasalliklarning oldini olish”, “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida targ‘ibot-tushuntirish ishlari va ma’ruzalar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar orqali aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy yordamni manzilli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.