Islom Karimov xotirasi yodimizda abadiy

Islom Karimov xotirasi yodimizda abadiy

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etganlariga 10 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jamoasi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz tinchligi va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi tarixiy xizmatlari xalqimiz xotirasida hamisha saqlanib qoladi.

Yorqin xotiralari qalblarimizda abadiy yashaydi.