Qiziltepa tumanida aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Qiziltepa tumanida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

2026-yil 2–3-sentabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” XHF Navoiy viloyati hududiy filiali TIP brigadasi xodimlari Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda Qiziltepa tumanidagi 39-son OПga qarashli Tavois, G‘oyibon va Navqiron mahallalarida yashovchi fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Tibbiy ko‘rik davomida jami 160 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 89 nafari ayollar, 59 nafari bolalar va 12 nafari erkaklarni tashkil etdi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a’zolariga bepul dori-darmonlar va bukletlar tarqatildi.

Tadbir doirasida aholi o‘rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” hamda “Sog‘lom turmush tarzi” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilib, fuqarolarga mazkur mavzular yuzasidan zarur tushunchalar berildi.