“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi brigadasining Xo‘jayli tumani “Amudaryo” OFY, 51-OP hududidagi ish faoliyati

Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi brigadasi tomonidan Xo‘jayli tumani “Amudaryo” OFY, 51-OP hududida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy-ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ishlar olib borildi.

Tadbirlar davomida aholining murojaatlari tinglanib, ularning mavjud muammolari o‘rganildi hamda tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sog‘lom ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

Brigada faoliyati davomida aholiga zarur maslahat va ko‘maklar ko‘rsatilib, sog‘lom avlodni tarbiyalash va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirildi.“